“100 kitob haqida kitob” nashrining taqdimoti o‘tkazildi.
#kitob_taqdimoti
#100 kitob haqida kitob
Zomin tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” shaklida tashkil etilgan tadbirda yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda mavjud muammolarni hal etish masalalari yuzasidan ochiq muloqot qilindi. Tadbirning muhim qismi kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlandi. Unda yoshlar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan “100 kitob haqida kitob” nashrining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur kitob eng sara asarlar bilan yaqindan tanishish, mutolaa doirasini kengaytirish va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Samimiy va erkin ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, turli tashabbus va takliflarini bildirdilar.