Abdulla Avloniy tavalludining 147 yilligi munosabati bilan
Joriy yilning 7-avgust kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Ideal" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida “Bir adib haqida suhbat” loyihasi doirasida "Jadidchilik harakati-ma'rifat sari" mavzusida tashkil etilgan mazkur tadbir mashhur ma’rifatparvar, jadid adabiyotining yorqin namoyandasi, pedagog, publitsist va davlat arbobi Abdulla Avloniy tavalludining 147 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Tadbirda kutubxona mutaxassislari Abdulla Avloniyning boy merosi, uning milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va zamonaviy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berdi. Markaz o'quvchilari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, kutubxonadagi yangi adabiyotlar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.