Abdusattor Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv
Joriy yilning 14-iyul sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida O‘zbekistonning bolalar shoiri Abdusattor Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida shoir o‘zining bolalar uchun yaratgan she’rlari, ijod yo‘li hamda kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni haqida samimiy suhbatlashdi. Oromgoh tarbiyalanuvchilari shoir qalamiga mansub she’rlarni ifodali o‘qib berdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, yosh kitobxonlarda badiiy adabiyotga mehr, kitob mutolaasiga qiziqish va ijodkorlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Yakunda ishtirokchilar shoir bilan esdalik suratga tushib, kitoblaridan dastxat oldilar.