ADABIYOT MULKIDA – CHO‘LPON IJODI RASMLARDA
ADABIYOT MULKIDA – CHO‘LPON IJODI RASMLARDA
Joriy yilning 4-mart kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 75-son umumta’lim maktabi hamkorligida o‘zbek adabiyotining yorqin vakili — Abdulhamid Cho‘lpon ijodiga bag‘ishlangan rasmli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada adibning hayoti va ijodini yorituvchi kitoblar, suratlar hamda ijod namunalari namoyish etildi. 75-maktab o‘quvchilari ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, Cho‘lponning Vatanga muhabbat, erk va ma’rifat g‘oyalarini aks ettirgan asarlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida o‘quvchilarga adibning adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida tushuntirish berildi. Kitoblar bilan tanishuv jarayoni yoshlar qalbida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Mazkur hamkorlikdagi rasmli ko‘rgazma ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.