Anvar Obitjonning "Odobli bo'lish osonmi" asari yuzasidan davra suhbati
Joriy yilning 28-may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda "Ideal" o'quv markazi hamkorligida Anvar Obitjonning "Odobli bo'lish osonmi" asari yuzasidan davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbati avvalida Anvar Obidjoning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot berildi. So'ng Anvar Obidjoning "Odobli bo'lish osonmi" asariga sharh berildi. Davra suhbatida 23 nafar o'quvchilar faol qatnashdilar. https://t.me/zomin_kutubxona/16405