“Asrni qaritgan kun” asari yuzasidan davra suhbat
Joriy yilning 24-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Tafakkur gulshani” kitobxonlar klubida navbatdagi mazmunli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda kitobxonlar bilan Chingiz Aytmatovning mashhur “Asrni qaritgan kun” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar asarda ilgari surilgan insoniylik, vijdon, xotira va milliy qadriyatlar haqidagi chuqur falsafiy g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, asardagi obrazlar va ularning hayotiy sinovlari kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi.
Davra suhbati jonli muloqot va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Kitobxonlar o‘zaro fikr almashib, asarning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglashga erishdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi