“Axborot-kutubxona markazlari ijtimoiy tarmoqlari va web-sayt sahifalarini yuritish tartibi”
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodik to‘garaklar faoliyati davom etmoqda.
Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi mashg‘ulot Zoom platformasi orqali (online va offline formatlarda) o‘tkazildi. Zoom platformasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo'limi xodimlari faol qatnashishdi.
Mavzu: “Axborot-kutubxona markazlari ijtimoiy tarmoqlari va web-sayt sahifalarini yuritish tartibi”
Mashg‘ulotni: Tarmoqni ma’muriylashtirish va server uskunalarini saqlash xizmati mutaxassisi Ilhom Qodirov olib bordi .
Mazkur metodik to‘garak Ijtimoiy tarmoqlarni to'g'ri yuritish bo'yicha bo'lib o'tdi.