"Bilim va tafakkur sari sayohat"
Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 29-dekabr sanasida "Bilim va tafakkur sari sayohat" nomli ekskursiya tashkil etildi. Ushbu sayohatning asosiy maqsadi o'quvchilarning bilim doirasini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish tarix va madaniy maskanlarga bo'lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo'ldi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi va maskur maskaning jamiyat hayotidagi o'rni haqida batafsil tushunchalarga ega bo'lishdi. Sayohat davomida ishtirokchilar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sayohat yakunida ishtirokchilar o'z minnadorchiligini bildirib, bunday sayohatlar kelgusida ham davom etishlarini istashlarini ta'kidladilar.