"Bilimga oshno bolajon"
"Bilimga oshno bolajon"
Joriy yilning 15-iyul sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etish hamda bolajonlarning kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida "Bilimga oshno bolajon" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir davomida bolalar bilan kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni, yozgi ta'tilni mazmunli va samarali o'tkazish, bo'sh vaqtni foydali mashg'ulotlarga yo'naltirish haqida samimiy suhbat olib borildi. Ishtirokchilar o'qigan kitoblari yuzasidan o'z fikr va taassurotlari bilan o'rtoqlashib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
Davra suhbati bolajonlarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish, bilim olishga bo'lgan intilishni kuchaytirish hamda kitobga mehr uyg'otishda muhim ahamiyat kasb etdi.