“Bilimli ona jamiyatni ma'rifatli qiladi”
Buyuk maʼrifatparvar Abdulla Avloniy “Qizlar bilim olishga hammadan koʻproq intilishi lozim. Zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar”, deb bejiz aytmagan. Maʼrifatli ayol jamiyatning taraqqiyot yoʻlini belgilab beradi. Chunki aynan u bolalarni tarbiyalaydi va ongi, dunyoqarashi, bilim darajasini shakllantiradi. Ayol kishining ilm bilan shugʻullanishi, ziyoli boʻlishi uning oilasi, farzandlari madaniyatli boʻlishiga zamin yaratadi. Joriy yilning 19-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Bilimli ona jamiyatni ma'rifatli qiladi” mavzusida kitobxonlik davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Xalqabod MFY da istiqomat qiluvchi kitobxon xotin qizlarimiz ishtirok etdilar. Kitobxonlarimiz kitob o'qishning afzalliklari haqida so'z yuritib o'zlari o'qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar