“Biz oilada va jamiyatda gender zo‘ravonlikga qarshimiz”
“Biz oilada va jamiyatda gender zo‘ravonlikga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2025 yil 1-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari yoshlar o‘rtasida gender zo‘ravonlikni oldini olish maqsadida “Biz oilada va jamiyatda gender zo‘ravonlikga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 25-noyabrdan 10-dekabr kuniga qadar «Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» aksiyasi doirasida tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda oila deb atalmish qo‘rg‘onning muqaddasligi, asrlar davomida e'zozlanib kelinayotgan oilaviy qadriyatlarning yoshlarda milliy g‘ururni shakllantirishda tutgan o‘rni va o‘zbek adiblari asarlarida ayol siymosining yoritilganligi haqida so‘zladi.