Davra suhbati
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB O‘ZBEKISTON 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi kutubxonachilar V forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Tafakkur gulshani" kitobxon klubi a'zolari va ko'chma kutubxona bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston yoshlarini mutoalaga chorlaymiz" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.