Davra suhbati
2026-yil 9-aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida markaz direktori Nargiza Odiljonovna bilan kutubxonaning yosh mutaxassislari uchun sohada bo'layotgan o'zgarishlar yangiliklar yuzasidan uchrashuvi tashkil etildi.
✅Barchamizga ma’lumki, yoshlar — jamiyatning eng faol, izlanuvchan va yangilikka intiluvchan qatlamidir. Ular zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, raqobatbardosh kadrlar sifatida kamol topmoqda.
✅ Bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim imkoniyatlari, innovatsion loyihalar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ularning salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qilmoqda.
✅Shu bilan birga, rahbarlarning tajribasi, strategik fikrlashi va mas’uliyati yoshlar uchun katta maktab vazifasini o‘taydi.
✅ Rahbar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq va samimiy muloqot — muammolarni tezkor hal etish, dolzarb masalalarga yechim topish hamda kelajak rejalarini aniq belgilashda muhim omildir