Davra suhbati
Joriy yilning 5-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludiga bag‘ishlab davrasuhbati tashkil etildi. Pushkin — rus adabiyoti va madaniyatining yirik namoyondasi bo‘lib, u eng buyuk rus yozuvchisi sifatida e’tirof etiladi. Uning asarlari bugungi kunda ham millionlab kitobxonlar qalbidan joy olgan. Shuningdek, ishtirokchilar Pushkin hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolikni tomosha qilib, shoirning bolaligi, sevimli mashg‘ulotlari, ustozlari va mehribon enagasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar. Ushbu davra suhbati yoshlar qalbida klassik adabiyotga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish, Pushkin ijodini chuqurroq anglash va uni hurmat qilishga xizmat qiladi.