"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Kvest" intellektual o'yini
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Kvest" intellektual o'yini
Joriy yilning 29-iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari hamda 75-maktab hamkorligida
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 75-maktabning 7-sinf o'quvchilari ishtirokida "Kvest" intellektual o'yini tashkil etildi.
O'yin davomida ishtirokchilar turli mantiqiy topshiriqlar, savollar va qiziqarli shartlarni bajarish orqali belgilangan bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tishga harakat qildilar. O'quvchilar jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash va muammolarni yechish ko'nikmalarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir o'quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoada ishlash madaniyatini shakllantirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda yozgi ta'til davrida bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.