“DUNYO MAMLAKATLARI” — KITOB TAQDIMOTI
“DUNYO MAMLAKATLARI” — KITOB TAQDIMOTI
Joriy yilning 25-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar ishtirokida Laziz Raxmatovning “Dunyo mamlakatlari” nomli kitob taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimot davomida kitobda yoritilgan dunyo mamlakatlari, ularning tarixi, geografik joylashuvi, tabiati, madaniyati, urf-odatlari va diqqatga sazovor maskanlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
📖 Tadbir ishtirokchilarida dunyo mamlakatlari va xalqlari haqida yangi bilimlar hosil qilish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌏 Kitob — dunyoni anglashning eng yaxshi vositalaridan biridir!