“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” — urush va inson taqdiri
“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” — urush va inson taqdiri
Joriy yilning 7-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uyushmagan yoshlar o‘rtasida nemis yozuvchisi Erich Maria Remarquening mashhur “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida asarning mazmun-mohiyati, unda urushning yoshlar hayotiga ta’siri, inson taqdiri, do‘stlik, vatan va tinchlik kabi mavzular qanday yoritilgani haqida fikr almashildi.
Yoshlar asar yuzasidan o‘z fikr va taassurotlarini bildirishib, kitob mutolaasi orqali tinchlikning qadriga yetish, tarixiy voqealardan xulosa chiqarish muhimligini ta’kidladilar.
📖 Kitob o‘qigan yosh — fikrlaydigan yosh!