“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi
#Infolib_2026
#tadbirlar_2026
Joriy yilning 17-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan " Shoxroh" nomidagi Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘linmasi rahbari M. Ismoilov tomonidan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi ranglar, yarim oy va 12 ta yulduzning ramziy ma’nolari, shuningdek, bayrog‘imizning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga davlat ramzlarini hurmat qilish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamol topishning ahamiyati alohida ta’kidlandi