ʼʼInson huquqlari jamiyat poydevori ʼʼ
#kitobxonlar_klubi_2025
Joriy yilning 15-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi a'zolari oʻrtasida keng kitobxonlikni targʻib qilish, inson huquqlari borasida hamda siyosiy faollikni oshirish maqsadida ʼʼInson huquqlari jamiyat poydevori ʼʼ nomli adabiyotlar koʻrgazmasi hamda davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatiga faol kitobxonlar jalb etilib, ularga huquqiy-siyosiy kitoblar hamda Prezident asarlari haqida sharhlar berib oʻtildi.