“Jadidlar – millat ma’rifatparvarlari” nomli kitob ko‘rgazma
Joriy yilning 11-mart sanasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida jadid adabiyoti va ma’rifatparvarlari ijodini targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar – millat ma’rifatparvarlari” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada jadid adabiyoti namoyandalari – Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Cho‘lpon kabi ma’rifatparvar adiblarning hayoti va ijodiga oid kitoblar, asarlar hamda ular haqidagi adabiyotlar o‘rin oldi.
Tadbir davomida kitobxonlarga jadidlarning millat ravnaqi, ilm-ma’rifatni rivojlantirish yo‘lida olib borgan faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazma yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni milliy adabiyotimiz va tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.