"Kitob bilan kelajak sari"
#Sayohat_2026
Joriy yilning 5- yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida maktab o'quvchilari uchun navbatdagi "Kitob bilan kelajak sari" nomi ostida sayohat o'tkazildi. Ushbu sayohat davomida o'quvchilar badiiy, ilmiy bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida ma'lumot oldilar. Sayohat yosh kitobxonlarda o'qishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirdi va katta qiziqish bilan o'tdi.