"Kitob bilan kelajak sari"
Joriy yil 17-mart kuni 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitob bilan kelajak sari" mavzusida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlar va bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning badiiy hamda ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Yarmarka davomida turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlariga oid kitoblar namoyish etildi. Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilar va ustozlar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlariga manzur bo‘lgan asarlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda kitobning ahamiyati haqida ham fikrlar bildirildi. Kitob yarmarkasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.