Kitob ko'rgazma
Kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini oshirish va tuman kutubxonasiga keltirilgan yangi nashrdagi badiiy kitoblar bilan aholi yoshlarini tanishtirish maqsadida 25-iyun kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada kitobxon yoshlar faol qatnashdilar. Ko’rgazmada yuzdan ortiq mahalliy va jahon adabiyoti namoyondalarining asarlari taqdim etildi. Ta’kidlash joizki, bu ko’rgazma yoshlar o’rtasida kitobxonlikni yangi darajaga olib chiqishga katta xizmat ko’rsatadi. Ko‘rgazmada yangi nashrdan chiqqan “Ikki eshik orasi”, “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “O’tkan kunlar”, “Yulduzli tunlar”, “Erta qaytgan turnalar”, “Qiyomat” kabi badiiy adabiyotlar ko‘rgazmada joy oldi. https://t.me/zomin_kutubxona/17207