Kitob ko'rgazma
Kitob_ko'rgazma_2025
Joriy yilning 9-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu adabiyotlar ko‘rgazmasidan asosiy maqsad– yurtimizda amal qilayotgan asosiy qonunning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini kitobxonlarga keng targ‘ib qilish, huquqiy madaniyatni yanada oshirishdan iborat.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, davlat boshqaruvi, fuqarolik huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan adabiyotlar, shuningdek, huquqiy bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy, o‘quv va ommabop adabiyotlar namoyish etildi.