“Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil ziynati”
“Ochiq osmon ostidagi kutubxona” loyihasi doirasida kitoblar ko‘rgazmasi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil ziynati” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga kutubxona faoliyati, undagi mavjud adabiyotlar, ularni olish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, qo‘yilgan asarlardan bir qanchasiga bibliografik sharhlar taqdim etildi. Kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbirga 50 nafarga yaqin tuman aholisi va yoshlar jalb etildi. Bunday tashabbuslar yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularni ilm-fanga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirishdir.