"Kitoblar sehirli dunyosi"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan "Kitoblar sehirli dunyosi"mavzusida kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotiga oid kitoblar keng namoyish etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlar o‘zlarini go‘yo kitoblar orqali sehrli bir olamga kirib borgandek his etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kitoblarning ahamiyati, ularning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, yosh kitobxonlarga qiziqarli asarlar tavsiya etilib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ko‘rgazma jarayonida faol kitobxonlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Eng faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barchada kitob o‘qishga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada mustahkamladi.
Mazkur ko‘rgazma kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni ma’naviy yetuk etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.