“Kitoblarda aks etgan milliy va ma’naviy qadriyatlar” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi
#Koʻrgazma
2026-yil 6-yanvar kuni Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitoblarda aks etgan milliy va ma’naviy qadriyatlar” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, milliy urf-odatlar, an’analar, ma’naviyat va ma’rifatga oid adabiyotlar namoyish etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — kitobxonlar, ayniqsa yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy tarbiya va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishdan iborat.
Ko‘rgazma ishtirokchilari taqdim etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.