“Kitobxon ona – kelajak bunyodkori”
Joriy yilning bugungi kunida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoa't salomatligi texnikumi hamkorligida xotin-qizlarni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida “Kitobxon ona – kelajak bunyodkori” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati va tafakkurini boyitishdagi ahamiyati, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari haqida suhbat olib borildi.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, kitob o‘qishning hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashdilar. Tadbir qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tkazildi.