"Kitobxon onalar”
Joriy yilning 7-iyul sanasida Zomin tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Nihol" MFYda istiqomad qilayotgan yosh onalar ishtirokida "Oilaviy qadiryatlar -oliy ne'mat" mavzusida davra suhbati tashkil etilib, yosh onalarga oilada ayol o'rni qanchalik muhim va oilaviy qadriyatlar-oliy ne’mat ekanligi, hamda farzand tarbiyasida kitobning òrni qanchalik muhimligi haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Jamiyatning maʼnaviy hayotida ayollarni o'rni beqiyosdir, chunki farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratgan oilalardagi muhit oʻzgachadir. Xalqimizda bir naql bor "Qush uyasida ko'rganini qiladi" demak shunday ekan farzandlarimizga qadriyatlarimizni qadrlashga o'rnak bo'lishimiz kerakligi to’g’risida so’z yuritildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.