“Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Joriy yil 17-mart kuni Ali Abu Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirokida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash hamda onalarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Onalar – mehr va tarbiya maskani”, “Kitob – ma’naviyat manbai”, “Onalar o‘gitida hikmat bor” kabi mavzular asosida suhbatlar olib borildi. Talabalar tomonidan onalarni ulug‘lovchi she’rlar o‘qildi, kitoblar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida onalar haqida yozilgan badiiy asarlar va kitoblar namoyish etilib, ishtirokchilarga ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.