KITOBXONLAR FIKRI — BIZ UCHUN MUHIM!
KITOBXONLAR FIKRI — BIZ UCHUN MUHIM!
Joriy yilning 6-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
📖 So‘rovnoma davomida kitobxonlarning mutolaa qiziqishlari, sevib o‘qiydigan adabiyotlari, kutubxona xizmatlaridan foydalanish darajasi hamda taklif va mulohazalari o‘rganildi.
💬 Kitobxonlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.
Mazkur so‘rovnoma natijalari kitobxonlar ehtiyojini chuqurroq o‘rganish, ularga qulay sharoit yaratish va kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Kitobxonlar fikri — kutubxona rivojining muhim omilidir!