Kitobxonlar o'rtasida so'rovnoma
Joriy yilning 13-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxonamarkazi hodimlari tomonidan Kitobxonlarning fikr va takliflarini o‘rganish hamda ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kutubxonada kitobxonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma jarayonida kutubxona foydalanuvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar, kutubxona xizmatlari sifati hamda kelgusida tashkil etilishi lozim bo‘lgan tadbirlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
So‘rovnoma davomida kitobxonlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kutubxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi. Tadbir yakunida faol kitobxonlarga minnatdorchilik bildirildi.