Kitobxonlik haftaligi
Bugun viloyat axborot-kutubxona markazi ilmiy metodika bo‘limi tomonidan tuman axborot-kutubxona markazlari ma'sullari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qaroriga asosan joriy yilning 21-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan "Kitobxonlik haftaligi" ga tayyorgarlik ko‘rish masalasida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish tashkil qilindi.Zoom yig'ilishida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi.