Kitobxonlik – ma’naviyat va bilim manbai
Kitobxonlik – ma’naviyat va bilim manbai
Joriy yilning 10-mart sanasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishga keng jalb etish, shuningdek kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda bilim olishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbir yakunida kutubxona fondidagi mavjud adabiyotlar haqida ma’lumot berilib, yoshlarni kitobxonlikka yanada faol jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.