"Kitobxonlik oiladan boshlanadi"
#tadbirlar_2025
Joriy yilning 17-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Tibbiyot texnikumi talaba qizlari ishtirokida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi onalar o'rtasida kitob o'qish madaniyati targ'ib qilish,farzandlar tarbiyasida kitobning o'rnini yanada yuksaltirishdan iborat bo'ldi. Tadbir davomida Xadicha Kubro Tongarning "Boshimning toji" kitobi atroflicha sharhlab berildi.Ushbu asarda ona mehri, oiladagi ma'suliyati, insoniylik sabr va matonat kabi fazilatlarning badiiy ifodasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi .Kitobning g'oyaviy yo'nalishi, undagi hayotiy voqealar va ibratli xulosalar muhokama qilindi. Davra suhbati iliq va samimiy ruhda o'tdi. Onalar o'zaro tajriba almashib oila tarbiyasida kitobning o'rni borasida foydali xulosalar chiqardi.