"Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona, kitobxon bola" shiori ostida "Kitob xazina, bilim boylik"
#Davra_suhbati
2025-yil 29-oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Qayirma" mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona, kitobxon bola" shiori ostida "Kitob xazina, bilim boylik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda kitob-bilim manbai, xazinalar kaliti, insonni kamolotga eltuvchi yo'l ekanligi, oilada kitobning o'rni haqida so'z yuritildi.
Tadbir yakunida onalar farzandlariga ertak o'qib, undagi qahramonlar to'g'risida qanday fikrda ekanliklarini so'rab fikr bildirishdi.
https://t.me/zomin_kutubxona/20577