"Ko‘chma kutubxona – bilim va quvonch maskani"
"Ko‘chma kutubxona – bilim va quvonch maskani"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlar uchun turli janrdagi qiziqarli va mazmunli kitoblar namoyish etilib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, oromgohda dam olayotgan bolalar ishtirokida qiziqarli viktorina tashkil etildi. Viktorina davomida ishtirokchilar adabiyot, Vatan, tabiat hamda umumiy bilimlarga oid savollarga faol javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Faol qatnashgan bolajonlar rag‘batlantirildi.
Mazkur tadbir bolalarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning bilim va dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/25990?single