„Kompyuter savodxonligi“
12-sentabr kuni Zomin axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan kutubxona xodimlariga kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida „Kompyuter savodxonligi“ o'quv soati tashkil etildi. O'quv soati davomida kutubxona xodimlariga kompyuter bilan boʻgliq bo'lgan texnologiyalari haqida ma'lumotlar berib o'tildi. MS Excel dasturida ishlash, Excel dasturida yangi jadvallar yaratish hamda MS Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari haqida tushunchalar berib oʻtildi.