Kompyuter savodxonligi — zamonaviy bilim sari qadam.
Kompyuter savodxonligi — zamonaviy bilim sari qadam.
Bugun 17-avgust kuni kutubxonamizda bolajon kitobxonlar uchun “Kompyuter savodxonligi” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida yosh kitobxonlar kompyuterlardan foydalanish, kerakli ma’lumotlarni izlash, elektron resurslardan foydalanish hamda audio kitoblarni tinglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Zamonaviy kutubxona — bu nafaqat kitob o‘qiladigan, balki yangi texnologiyalar yordamida bilim va axborot olish mumkin bo‘lgan maskandir. Bolajonlarning kompyuter bilan ishlashga bo‘lgan qiziqishi, elektron va audio kitoblardan foydalanishi ularning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada oshirmoqda.
Bunday mashg‘ulotlar yosh avlodning raqamli savodxonligini rivojlantirish, mustaqil izlanish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.