Kutubxonachilik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son Bolalar Musiqa va San’at maktabi binosida ARM kutubxonachilarga kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish va kutubxonachilik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi. Seminar Abonementlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Nigora Jo‘rayeva tomonidan o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga kutubxonadan samarali foydalanish, kitob tanlash va kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi. Shuningdek, ARM kutubxonachilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida bunday seminarlar kutubxonachilarning bilimini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va maktabda kitobga bo‘lgan qiziqishni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.