Kutubxonaga sayohat
Insonning kitobdan yaqin hamrohi, do‘sti, maslahatchisi yo‘q.
Joriy yilning 27-iyun sanasida Zomin tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Insonning kitobdan yaqin hamrohi, do'sti, maslahatchisi yo'q" mavzusida "Ledirs" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Kutubxona xodimlari tomonidan kutubxona haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng, ilmga chanqoq o'quvchilar mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Kelgusida o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.