Kutubxonaga sayohat
Bugun kutubxonaga sayohat uyushtirildi!
Joriy yilning 26-mart sanasida yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, undagi boy kitob fondi hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida ma’lumot oldilar, mutolaa qilishning ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi. Bunday sayohatlar yoshlarning bilimini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📖 Kitob – tafakkur manbai!