Ma'rifatli ayyollar
Joriy yilning 7-avgust kuni Zomin axborot-kutubxona markazida Zomin tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'linmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarimizga oilada farzandlar tarbiyasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Farzand tarbiyasida kitobning òrni" mavzusida davra suhbati o'tkazdi. Davra suhbatida "Taraqqiyot" MFYda istiqomat qilayotgan kitobxon onalar faol qatnashishdi. Davra suhbatida ishtirok etgan mehmonlarga axborot-kutubxona markazi tomonidan sovg'alar berildi. Davra suhbati qiziqarli mazmunli o'tdi.