"Milliy qadriyatlar – ma'naviyatimiz ko'zgusi"
"Milliy qadriyatlar – ma'naviyatimiz ko'zgusi"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida milliy qadriyatlarimizni targ'ib etish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy an'ana va urf-odatlarga hurmat tuyg'usini mustahkamlash maqsadida "Milliy qadriyatlar – ma'naviyatimiz ko'zgusi" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmadan xalqimizning boy tarixi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, ma'naviy merosi va buyuk ajdodlarimiz hayoti hamda faoliyatiga oid adabiyotlar o'rin oldi. Tashrif buyurgan kitobxonlarga namoyish etilgan kitoblar haqida batafsil ma'lumotlar berilib, mutolaa qilish tavsiya etildi.
Mazkur kitob ko'rgazmasi kitobxonlarda milliy qadriyatlarga hurmat va ehtiromni yanada kuchaytirishga, ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.