Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 5-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda uning Quyoshga qarab oqqan suv kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan shoirning hayoti va ijodiy faoliyati, uning she’riyati o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitobdan o‘rin olgan she’rlar o‘qilib, ularning mazmun-mohiyati haqida suhbatlar olib borildi.
Tadbir ishtirokchilari shoir ijodiga bo‘lgan qiziqishlarini bildirib, uning she’rlaridan parchalar o‘qib berdilar. Kitob taqdimoti davomida yoshlar qalbida kitobxonlikka bo‘lgan mehrni yanada oshirish, milliy adabiyotimizga hurmat ruhini mustahkamlash maqsad qilinganligi alohida ta’kidlandi.