"Muqaddas Madhiya-Vatanim g'ururi''
#tadbirlar_2025
Joriy yilning 10-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Leaders" o'quv markazining faol o'quvchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasining eng muhim razmlaridan biri - Davlat madhiyasining 33 yilligiga bag'ishlab "Muqaddas Madhiya-Vatanim g'ururi'' nomli tadbir tashkil qilindi. Madhiyamiz-xalqimizning erki, orzu-umidi, tarixiy kuchi va yurtga bo'lgan sadoqatini ifodalovchi muqaddas qo'shiqdir. Tadbir boshida Madhiyamiz yaralish tarixi haqida oʻquvchilarga ma'lumot berildi va o'quvchilar jo'r bo'lib O'zbekiston Respublikasi Madhiyasini kuylashdilar. Shundan soʻng "Vatan muqaddasdir'' nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi. Vatanni madh etadigan bir-biridan ajoyib she'rlar bilan tadbir yanada qiziqarli bo'ldi.