“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir”
#Zomin_tumani
ZOMINDA “NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH — INSONNI ULUG‘LASHDIR” BAYRAMI DAVOM ETMOQDA
Ayni damda Zomin tumani markazidagi Zominsoy majmuasida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida tashkil etilgan bayram sayli ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Bayram tadbiri davomida Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyev tomonidan tuman ahliga Navroʻz bayrami munosabati bilan samimiy tabrik yo‘llandi. Tuman hokimi o‘z tabrigida Navroʻz — yangilanish, mehr-oqibat va hamjihatlik timsoli ekanini ta’kidlab, barcha Zominliklarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, bayram dasturi doirasida konsert chiqishlari, milliy o‘yinlar hamda turli madaniy tadbirlar davom etmoqda. Bayram maydonida yig‘ilgan tuman aholisi va mehmonlar Navroʻz shodiyonalaridan bahramand bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyat hukm surmoqda.