“Ochiq osmon ostidagi kutubxona”
#Zomin_tumani
“Ochiq osmon ostidagi kutubxona” loyihasi doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mustaqillik” bog‘ida "Oltin yerdan, bilim kitobdan olinadi” mavzusida “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” loyihasi doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma davomida kitobxonlarga kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar hamda ularning turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, namoyishga qo‘yilgan asarlarning ayrimlariga tahliliy sharhlar ham taqdim etildi. Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.