"Omonboy va Davronboy" nomli ertak kitob taqdimoti
Joriy yilning 23-iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar va "Ibrat" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida "Dolzarb 90-kun" oyligi doirasida aholini va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish hamda ularning ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida "Ertaklar yaxshilikga yetaklar" shiori ostida "Omonboy va Davronboy" nomli ertak kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob taqdimoti davomida o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan ertaklardan ham aytib o‘tishdi va tadbir so‘ngida qiziqarli, mantiqiy savol-javoblar tashkil qilindi. Kitob taqdimoti davomida 18 nafar kitobxon bolajonlar faol ishtirok etishdi.