"Qadriyatlar qadr topgan ona Vatan O'zbekistonim".
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi " Tafakkur gulshani" kitobxon klubi o'quvchilari ishtirokida "Ozimizning milliyligimizdan qo'ymasin" mavzusida qadimiy an'ana va milliy urf-odatlarimiz haqida davra suhbati tashkil etildi. Bugun mana shunday hayirli ishlarning uzviy davomi sifatida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Qadriyatlar qadr topgan ona Vatan O'zbekistonim" shiori ostida kitob ko'rgazmasi ham o'tkazildi. Milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yurtdoshlarimiz kayfiyatini ko'tarishga,qalblarida ezgulik, shukronalik tuyg'ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar tumanimizda davom etmoqda.